Dorixonalar tarmog'i uchun

Barcha filiallaringiz — bitta panelda

Qaysi filial ochiq, kim ishga vaqtida keldi, bugungi oborot qancha, kimda nasiya qolgan — Dorixon bularni har kuni bir qarashda ko'rsatadi.

Dorixon paneli: filiallar ro'yxati, ish vaqti va holati

Ega va direktor uchun kerakli hamma narsa

Har bir modul real dorixona ish jarayonidan kelib chiqib qurilgan.

Filiallar

Manzil, ish vaqti, ijara, xaritadagi joylashuv. Qaysi filial hozir ochiq — darhol ko'rinadi.

Keldi-ketdi

Xodim Telegram botda "Keldim" bosadi — tizim joylashuvini filial bilan solishtiradi, kechikishni belgilaydi.

Nasiya

Har bir nasiya muddati bilan. 10 kundan oshsa mijozga SMS eslatma, 15 kundan oshsa — ogohlantirish.

Oborot va xarajat

Kunlik savdo, ijara, kommunal, oylik — har filial va butun tarmoq bo'yicha foyda hisobi.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Filiallarni kiritamiz

    Manzil, ish vaqti va xodimlar ro'yxati bilan — birinchi kunning o'zida.

  2. 2

    Xodimlar botga ulanadi

    Ilova o'rnatish shart emas: davomat va nasiya Telegram orqali yoziladi.

  3. 3

    Siz natijani ko'rasiz

    Telefondan yoki kompyuterdan — har bir filial holati real vaqtda.

Tarmog'ingizni ulamoqchimisiz?

Biz bilan bog'laning — filiallaringiz sonini aytsangiz, ulanish tartibini tushuntiramiz.

Panelga kirish